“Eksperimental biologiya” laboratoriyasida tadqiqot ob’ektlari (oziq-ovqat mahsulotlari, o’simlik mahsulotlari, tuproq va boshqa mahsulotlar, chetdan import qilinadigan mahsulotlar) tarkibidagi uchuvchan kimyoviy organik birikmalarni aniqlash yo’nalishida tadqiqotchilarning Toshkent shahri yoki boshqa davlatlarga borishlariga hojat qolmadi. “Eksperimental biologiya” laboratoriyasiga Xromatek-Kristall 9000NP, Xromatek-Kristall 9000 detektor MCD, Xromatek-Kristall 9000 detektor PID, Xromatek-Kristall 9000 detektor PID va EZD (Rossiya) markali mass detektorli gazovaya xromatografiyalarda ishlash yo’lga qo’yilgan. Ushbu uskunalar bilan ishlashni yuqori darajada yo’lga qo’yish bo’yicha xorijiy mutaxassislar ishtirokida online va offline seminar-treninglar o’tkazilib, hamkorliklar yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda laboratoriyada mahsulotlarni to’liq elementar tarkibi bilan birga tarkibidagi kimyoviy organik birikmalar, jumladan, pesttsidlar, gerbitsidlarni ham sifat va miqdoriy ko’rsatkichlariga ko’ra aniqlash imkoniyati mavjud.
Laboratoriyada tadqiqotlar olib borilishi bilan birga mahsulotlarni elementar tarkibi va tarkibidagi organik moddalar (toksinlar, vitaminlar, fiziologik faol birikmalar va shuningdek, pestitsidlar, gerbitsidlar) ham aniqlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatilishi mumkin.