Yuqori samarali suyuqlik xromatografiya metodining ahamiyati va qurilmaning tuzilishi –  Juda oz miqdorda ajratib olinadigan va sinovdan o’tkaziladigan namuna aralashmasi kolonka orqali o’tkazib ajratadigan ko’chma fazali oqimga yuboriladi. Turli xil zarracha o’lchamlari va sirtlarining sorbentlari mavjud bo’lgan har xil turdagi kolonkalar mavjud. Aralashma turli tezliklarda kolonka bo’ylab harakatlanib, turg’un faza deb ham ataladigan sorbent bilan o’zaro ta’sir qiladi. Aralashmaning tarkibidagi har bir komponentning tezligi 1) uning kimyoviy xususiyatiga, 2) kolonkaning tabiatiga va 3) ko’chma fazaning tarkibiga bog’liq. Kolonkadan ma’lum bir vaqt oralig’ida turli moddalarturli vaqtda ajratiladi. Saqlash vaqti aniq sharoitlarda o’lchanadi va ma’lum qurilmaning o’ziga xos xususiyati sifatida qaraladi.

Amigdalin – Amigdalin o’rik, olma, qora gilos, shaftoli, olxo’ri va boshqalar urug’ida mavjud bo’lgan tabiiy siyanogen glikozidlardan biri. Siyanogen  glikozidlar – bu HCN  ishlab  chiqaradigan  fitotoksinlar;  HCN  kuchli  va  tez  ta’sir  qiluvchi  zahar, uning oz miqdori ham juda zararli hisoblanadi. Belgilangan miqdordan ko’proq ortishi o’limga ham olib kelishi mumkin. Amigdalin bodom, o’rik (14 g/kg), shaftoli (6,8 g/kg) va olxo’ri (4 – 17,5 g/kg) keltirilgan o’simliklar naviga muvofiq yuqoridagi qiymatlargacha bo’lishi mumkin.

Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Ular toksin T2, oxratoksin, aflatoksin B1, B2 va G1, G2 zearalenon kabi turlari mavjud. Toksinlarning hujayralarga ta’siri keltirilgan

Aflatoksinlar – inson va hayvonlarning turli xil oziq – ovqqat mahsulotlarini ifloslantirishi ma’lum bo’lgan tabiiy ravishda bakteriya va zamburug’lar tomonidan paydo bo’lgan konserogen moddalardir. Aflatoksinlarning asosan jigar saratoni, bola o’sishining buzilishi va immunitetni pasayishi kabi nohush kasalliklar keltirib chiqarishi aniqlangan

Vitaminlar – darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Koʻproq o’rganiladigan amaliy ahamati katta vitaminlarga A, B, C, D   vitaminlari kiradi

Aminokislotalar – molekulasida amin va karboksil guruhi bo’gan organik birikmalar, o’simliklar hamda hayvonlar oqsilining asosiy elementar tarkibi hisoblanadi. Aminokislotalar rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy aminokislotalar ma’lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat   20 xil aminokislotalar va ularning ikkita amidi uchraydi. Oqsillar sintezi yigirma aminokislotalar ishtirok etadi. Oqsillarning biologik vazifalari boʻyicha quyidagi tasnifi mavjud: fermentlar (tripsin, ribonukleaza), tashuvchi oqsillar. (gemoglobin, zardob albumini, mioglobin), oziq-ovqat va zaxira oqsillari (tuxum albumini, sutdagi kazein, ferritin), qisqaruvchi va harakat oqsillari (aktin, miozin), tuzilma oqsillari (kollagen, proteoglikanlar, kreatin), himoya oqsillari (antitelolar, fibrinogen, trombin, ilon zahari, boʻgʻma qoʻzgʻatuvchisining toksini), nazorat qiluvchi oqsillar (insulin, kortikotropin, oʻsish gormoni) va boshqa vazifalani bajaradi

Pestitsidlar  zaharli kimyoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham pestisidlarga kiritiladi. Pestisidlar tirik organizmlar hujayralariga kirib ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartiradi. Hujayraning oqsil va boshqa moddalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularni choʻkmaga tushiradi, fermentlar faolligini zaiflashtiradi, modda almashinuvi jarayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi.

Gossipol, C30H30O8 — sariq rangli zaharli, qattiq kristall modda. Polifenol birikmalarga kiradi. Gʻoʻza chigiti va iddiz poʻstlogʻida koʻp miqdorda (0,02—1,6%), boshqa qismlarida esa kam boʻladi. Gossipol va uning analoglari — gossipurpurin, gossiverdurin, gossifulvin chigit yadrosidagi maxsus bezchalarda joylashgan boʻlib, ular devori nihoyatda mustahkam va koʻpchilik organik erituvchilar taʼsiriga chidamli

By admin