Akademik innovatsiyalar fondi “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi

Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish

Maqsad: Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida klasterli tizimga asoslangan integratsiya – innovatsion o’quv-ilmiy kompleks tizimini tashkil etish va uning mexanizmini yaratish.

Ushbu maqsad asosida:Guliston davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti kafedralari o’quv laboratoriyalari bilan ilmiy laboratoriyaning uyg’unligiga asoslangan ta’lim va fan integratsiyasining modelini yaratish;

Guliston davlat universiteti, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda o’quv, ilmiy va amaliy faoliyat o’rtasida simbiotik aloqalaorni yo’lga qo’yish;

Nazariy bilim, fundamental va amaliy tadqiqotlar (universitet), innovatsion tadqiqot va texnologiyalar (innovatsion rivojlantirish va ilmiy-amaliy markaz), amaliyotlar (texnopark va ishlab chiqarish) bazalari asosida innovatsion o’quv-ilmiy kompleks tashkil etish.