Loyihalar

Har bir olib borilayotgan faoliyat bir-biri bilan simbiotik aloqada bo’lishi talab etiladi. Ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis, ilmiy tadqiqot institutidagi mutaxassis-olim ham o’z sohasi bo’yicha yangiliklar va ularning mexanizmlari bilan tanishib borib, zamon talablariga mos mahsulotlar yaratish va kashfiyotlarni amalga oshirish bo’yicha aniq strategik rejaga ega bo’lishi zarur. Chunki bugungi kun ish jarayonida qo’llanilayotgan texnologiya ertangi kun talabiga javob bermasligiga shak-shubha yo’q. Buning uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda ularning simbitoik komplekssini tashkil etish maqsadga muvofiqdir (1‑rasm).

1-rasm. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro simbiotik aloqa

Shundagina ishlab chiqarishda jadal o’sish bo’ladi va iqtisodiy taraqqiyot ilgarilab boradi.

Loyiha bo’yicha olib boriladigan faoliyat davomida mustaqil va hamkorlik asosida zamonaviy metodlar yordamida yuqori darajada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi va yirik loyihalar amalga oshiriladi. Shuningdek, yuqori malakali mutaxassis olimlar (jumladan xorijiy) tomonidan seminar va treninglar o’tkaziladi.

Loyiha asosida olib borilgan ilmiy hamkorliklar asosida yaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish faoliyatlarini yo’lga qo’yiladi.