Laboratoriyada o’simlik va tuproq o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tizimi bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi. Buning uchun o’simlikni tuproq tarkibiga mos holda tanlash va parvarishlash texnologiyalari masalalari bo’yicha izlanishlar olib boriladi.
Birinchi o’rinda tuproq tarkibi kimyoviy, biokimyoviy va biologik jihadan tahlil qilinadi. Tuproq tarkibini o’zgartirish bo’yicha agrokimyoviy tadqiqotlar olib boriladi. Tuproqni tarkibiga ko’ra baho beriladi. Tuproq haqidagi mavjud ma’lumotlar asosida tegishli tarzda mutaxassislar olib boriladigan izlanishlarga jalb etiladilar: sharoitga mos holda tuproq tegishli makro- va mikroelementlar bilan boyitiladi yoki makro- va mikroelementlar muvozanati shakllantiriladi, tuproq namligini saqlash yoki kamaytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi. Sho’rlangan tuproqlarning tuz tarkibi muvozanatlashtiriladi, qayta tiklanadi yoki sho’rlanishning oldini olish bo’yicha tizimli tarzda tadqiqotlar amalga oshiriladi. Tayyorlangan tuproq o’simliklar yoki qishloq xo’jaligi o’simliklari navlarini tanlash uchun taqdim qilinadi.
Har bir tuproq sharoitga mos o’simliklar tanlanadi. Tanlangan o’simliklar uchun parvarishlash texnologiyalari ishlab chiqiladi. Tanlangan tuproq sharoit uchun o’g’itlash va sug’orish normalari ishlab chiqiladi. Tuproqning tarkibi bildirilgan taklif, murojaat yoki o’simliklarning rivojlanish holatiga ko’ra tahlil qilib boriladi. Qilingan basharot (diagnoz) asosida tuproqda bo’layotgan o’zgarishlarning oldini olish bo’yicha taklif va tavsiyalar beriladi.
O’simlik to’qimalarini kimyoviy, biokimyoviy hamda fiziologik jihatdan tahlil qilish asosida tuproqlarning holatiga baho beriladi yoki tuproqqa beriladigan makro- va mikoelementlarga ega bo’lgan o’g’itlar berish vaqti va muddatlari ishlab chiqiladi.
Har bir o’simlik uchun tuproqning tarkibi va holati bo’yicha diagnostik xarita ishlab chiqilib, ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi. Ushbu diagnostik xarita asosida o’simliklarni tanlash, tavsiya etish, parvarishlash, hosildorlik ko’rsatkichlari bo’yicha tegishli ma’lumotlarga ega bo’linadi. O’simlik to’qimalarini kimyoviy va biokimyoviy tahlil qilib borish asosida sifatli mahsulotlar yaratish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Laboratoriyada fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish asosida innovatsion texnologiyalar yaratiladi. Yaratilgan innovatsion texnologiyalar tegishli tarzda tadbiq etish bo’limi (otdel vnedreniya) orqali ishlab chiqarish tizimiga joriy qilib borilishi yo’lga qo’yiladi.
Tuproq va o’simliklar tahlili uchun tegishli tarzda tashkil etilgan texnik sharoitlar:
1) tegishli texnik talablar asosida uskunalar bilan jihozlangan tadqiqot xonalari
2) Tuproqning kimyoviy tarkibi tahlili.
3) Tuproq va o’simlik o’rtasida elementar aloqadorlikni tahlil qilish.
O’simlik organlari va mahsulotlari hamda tuproq tarkibini shtrixli TEST CUVETAlar yordamida tezkor analiz qilish usuli yo’lga qo’yildi. Ushbu usulda tavsiya etiladigan namunalar tarkibidagi 20 tadan ortiq makro- va mikro- elementlarning sifat va miqdoriy ko’rsatkichlari aniqlanadi. Makro- va mikro- elementlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari asosida o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini maqsadli boshqarish imkoniyatlari tavsiya etiladi. Analiz natijalariga ko’ra “SMART Fertilizer Management” dasturi orqali har bir o’simlik turi va navining biologik xususiyatlari hamda tashqi ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda “bosqichli sug’orish va o’g’itlash hamda himoya tizimini yaratish” bo’yicha kafolatli tavsiyalar beriladi. Taklif etiladigan tavsiyalar o’simlik nihollari to’qimasi, tuproq tarkibidagi elementlar o’rtasidagi genetik aloqadorlik hamda korrelyativ bog’liqliklarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi.