Olim va mutaxassislar Orolbo’yi muammolarining ilmiy yechimini taminlash masalalarini muhokama qilish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’lishdi va Orol dengizining qurigan tubidagi yer maydonlariga ekspedisiya amalga oshiriladi. Malumki, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan o’simliklar maydonlarini kengaytirish, xududda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, tuproq tarkibidagi tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taminlashga mavjud ilmiy-innovasion saloxiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovasion loyixalar tanlovi (63-tur) e’lon qilingan. Tanlov shartlariga muvofiq, unda g’olib deb topilgan loyixalar bevosita Orol dengizining qurigan tubi xududida amalga oshirilishi, natijalar xududning o’zida sinab ko’rilishi (asoslab berilishi) belgilangan.
Shuningdek, Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikamizning nufuzli ilmiy tashkilotlari va oliy talim muassasalaridan 50 nafardan ortiq malakali olim va mutahassislar va Guliston davlat Experimental biologiya labaratoriyasidan Kushiev Habibjon tomonidan Orol dengizining qurigan tubiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif doirasida Orolqum muammosi bevosita joyiga chiqqan xolda o’rganildi. O’rganish jarayonida turli taklif va muloxazalar bildirildi.