Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan amalga oshiriladigan ishlar dasturi
Oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning xalqaro miqyosdagi nufuzi eng avvalo tayyorlaydigan mutaxassis kadrlari salohiyatiga bog’liq. Chunki davlatning eng yuqori boshqaruv organidan to quyigacha bo’lgan tizim uchun rahbar va mutaxassis xodimlar OTMda tayyorlanadi. Amerika, Yaponiya, Janubiy Koreya, Angliya, Germaniya kabi davlatlardagi dunyoga mashhur universitetlarining tajribalari bugungi kunda OTMlari uchun namuna bo’la oladi. Shular singari, har bir OTM mintaqaviy sharoit va mavjud imkoniyatlar asosida yuqorida qayd etilgan maqsadga erishishga harakat qilishi kerak. Xalqaro darajada yuqori nufuzga ega bo’lgan ko’pgina universitetlarning jahon miqyosida mashhur bo’lishiga sabab bir tomondan davlat siyosati bo’lsa, ikkinchi tomondan oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyaning qanday tashkil etilishiga bog’liq.
Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasining ustuvor yo’nalishlar bo’yicha Harakatlar strategiyasida OTMni modernizatsiyalashga alohida e’tibor berilgan. Bunda oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash bo’yicha alohida vazifalar belgilangan.
Loyihaning asosiy maqsadi.Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida klasterli tizimga asoslangan integratsiya – innovatsion o’quv-ilmiy kompleks tizimini tashkil etish va uning mexanizmini yaratish.
Loyiha bo’yicha rejalashtirilgan ishlar 3 komponent asosida amalga oshiriladi.
- Komponent. Iinnovatsion o’quv markazi tashkil etish
Olib borilayotgan tadqiqot ishlarini innovatsion ishlanmalarga yo’naltirish, innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish bo’yicha tadqiqotchi olim va mutaxassislar uchun hamda ishlab chiqarish tizimida faoliyat ko’rsatayotgan yoki ishga qabul qilinayotgan xodimlarni innovatsion dunyoqarashini shakllantirish bo’yicha innovatsion o’quv kurslari tashkil etiladi. Markaz tomonidan ishlab chiqarish jarayonlari uchun yaratilgan innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar ko’rgazmalari tizimli tarzda tashkil etib boriladi. O’quv kurslari va ko’rgazmalar davomida tadqiqotchilar va texnik xodimlar (texnologiya mualliflari rahbarligida) o’zlarining ishlanmalarini ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga taqdim etadilar. Shuningdek, markazda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Universitet bazasida ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislarini tizimli tarzda malakalarini oshirib borish davomida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini zamon talabalari darajasida takomillashtirish bo’yicha ingliz tili kursi tashkil tashkil etiladi. Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida tashkil etish modeli asosida markaz faoliyati tizimida O’zDJTU tomonidan ingliz tili rolini oshirish bo’yicha quyidagilar amalga oshiriladi:
ta’lim yo’nalishlari va tegishli ishlab chiqarish yo’nalishlariga mos hoda klasterli yondashuvlarga asoslangan holda ingliz tilini o’rganish dasturi ishlab chiqiladi;
yaratilgan dastur asosida ingliz tilini o’rganish bo’yicha o’quv kurslari tashkil etiladi va bitta o’quv qo’llanma yaratiladi;
ta’lim tizimida gender siyosati muammosini e’tiborga olgan holda ingliz, o’zbek va rus tillarida genderga oid terminlarning 3 tilli glossariysi yaratiladi;
Loyiha bo’yicha rejalashtirilgan ishlar 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.
1 bosqich:
– ta’lim yo’nalishi va tegishli ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha ingliz tilini o’rganish bo’yicha klasterli yondashuvlarga asoslangan o’quv dasturi ishlab chiqiladi;
– ingliz tilini o’rgatish bo’yicha klasterli yondashuvlarga asoslangan (ta’lim-fan-ishlab chiqarish) qisqa o’quv kursi tashkil etiladi;
2 bosqich:
– o’quv kursi asosida klasterli yondashuvlarga asoslanib tayyorlangan dastur bo’yicha ingliz tili o’qituvchilariga seminar-treninglar o’tkaziladi (ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar taqdim etiladi);
– ingliz, o’zbek va rus tillarida genderga oid terminlarning 3 tilli glossariysi yaratiladi.
3 bosqich:
– loyiha bo’yicha “o’quv-ilmiy kompleks” bo’yicha ishlab chiqarish bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan ta’lim yo’nalishlarida ingliz tili kurslarini klasterli yondashuvlar asosida o’qitishni yo’lga qo’yish bo’yicha tavsiyalar taqdim etiladi;
– AKT sohasi bo’yicha ESP o’quv qo’llanmasi yaratiladi.
– hamkorlikda olib borilayotgan amaliy tadqiqot va faoliyat targ’ib qilinadi va natijalar rasmiylashtiriladi;
Shunga asosan
Ingliz tilini ta’lim yo’nalishiga mos holda va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lagan holda o’qitish tizimi yo’lga qo’yiladi.
Ingliz tilini klasterli yondashuvlar asosida o’qitish bo’yicha dasturlar tayyorlashda ingliz tili o’qituvchilariga yo’llanmalar beriladi.
Olingan natijalar hamkorlikda rasmiylashtiriladi va tadbiq etish bo’yicha amaliy ishlar yo’lga qo’yiladi.
Loyiha bo’yicha ishlab chiqarish bilan integratsiyani rivojlantirish mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi manbalar yaratilishiga e’tibor beriladi:
- AKT sohasi bo’yicha ESP o’quv qo’llanmasi yaratiladi;
- Genderga oid terminlar lug’ati yaratiladi.