Tadqiqot yo’nalishlari:
– qishloq xo’jaligi o’simliklari, dorivor va texnik o’simliklar, mikroorganizmlar va zamburug’lar hamda hasharotlarning genetik xilmaxilligini nuklein kislotalari tarkibi va xususiyatiga ko’ra genomik va bioinformatik metodlar yordamida aniqlash tizimi yo’lga qo’yiladi.
– molekulyar markerlarga asoslangan holda zamonaviy genetik va hujayraviy muhandislik, genetik va vertual selektsiya yordamida atrof muhit va insonga xavfsiz bo’lgan hamda zararkunanda va kasalliklarga chidamli, tuproq-iqlim sharoitga mos bo’lgan navlarni yaratish va tadqiqot natijalarini shlab chiqarishga joriy etishni yo’lga qo’yish.
– genetik modifikatsiyaga uchragan o’simliklar va o’simlik mahsulotlarini genetik tahlil asosida sertifikatsiya qilish hamda ushbu yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borayotgan laboratoiyalar bilan muvofiqlashtirish.
– o’simliklar genomikasi va bioinformatika tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha o’zaro ahamiyatli xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish, kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish yo’nalishlarida oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan respublika va xalqaro miqyosda hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish.