O’simlik va tuproq tarkibini shtrixli TEST CUVETAlar yordamida tezkor analiz qilish imkoniyatlari
Universitetning “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida Evropa Ittifoqi fondining O’zbekiston qishloqlarini barqaror rivojlantirish loyihasi dasturi asosida GIZ xalqaro tashkilotining qo’llab quvvatlashi bilan “Eksperimental biologiya laboratoriyasiga olib kelingan laboratoriya uskunalari hamda AIF loyixasi doirasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar natijalari asosida o’simlik organlari va mahsulotlari hamda tuproq tarkibini shtrixli TEST CUVETAlar yordamida tezkor analiz qilish usuli yo’lga qo’yildi. Ushbu usulda tavsiya etiladigan namunalar tarkibidagi 20 tadan ortiq makro- va mikro- elementlarning sifat va miqdoriy ko’rsatkichlari aniqlanadi. Makro- va mikro- elementlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari asosida o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini maqsadli boshqarish imkoniyatlari tavsiya etiladi. Analiz natijalariga ko’ra “SMART Fertilizer Management” dasturi orqali har bir o’simlik turi va navining biologik xususiyatlari hamda tashqi ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda “bosqichli sug’orish va o’g’itlash hamda himoya tizimini yaratish” bo’yicha kafolatli tavsiyalar beriladi. Taklif etiladigan tavsiyalar o’simlik nihollari to’qimasi, tuproq tarkibidagi elementlar o’rtasidagi genetik aloqadorlik hamda korrelyativ bog’liqliklarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqiladi.