O’quv ilmiy kompleks maqsadi: Mehnat bozori talabalarini qondirish bilan bog’liq holda OTMda sifat ko’rsatkichni eng yuqori darajaga ko’tarish va mamlakatning innovatsion ishlab chiqarish ko’rsatkichini jahon talabalari darajasiga etkazish. Ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasida korporativ hamkorliklar mexanizmini takomillashtirish.
O’quv ilmiy kompleks vazifalari:
- Oliy ta’lim tizimini Jahon standartlari darjasiga ko’tarish
- Fan va ta’lim integratsiyasini shakllantirish
- Intellektual mulk mahsulotlarini tijoratlash uchun sharoit yaratish
- Yuqori malakali va raqobatbaodosh ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash
Belgilangan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib ta’lim sifatini oshirish bilan bog’liq holda:
- O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat pedagogik faoliyat bilan bog’lanib qolmay, ma’lum muammolar echimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etadi hamda tadqiqotlarga jalb etilgan talabalar, magistrantlar, katta ilmiy ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil tadqiqotchilar izlanishlariga rahbarlik qiladi.
- Olib borilayotgan tadqiqotlar bevosita ishlab chiqarish korxonalari va muassasalar muammolari echimiga qaratilishiga alohida e’tibor beriladi. Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etilishi – barcha ishtirokchilarning muvoffaqiyati sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda joriy etilishi bo’lajak mutaxassisning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini yana ham oshiradi va o’z ustida ko’proq ishlashga harakat qiladi.
- Ilmiy ijodiy hamkorlikka asoslangan “o’quv- ilmiy kompleks” yaratilishiga alohida e’tibor beriladi. Yaratiladigan o’quv- ilmiy kompleks fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integrtsiyaning rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Amalga oshirish bosqichlari quyidagilardan iborat:
- Innovatsion korporativ hamkorlik: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish bosqichi
- O’quv-ilmiy komplekslar tashkil etishning mexanizmlarini yaratish bosqichi
- Ilmiy salohiyatni yuksaltirish mexanizmini takomillashtirish. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bosqichi