2019 yilning 22 mayidan boshlab, Jahon bankining AIF granti asosida hamkor tashkilot “Hayot Technology” tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda. O’tkazilayotgan seminar-trening davomida “Eksperimental biologiya” laboratoriyasi xodimlari, doktorantlar, magistrantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Seminar-treningning 2-chi kunida ishlab chiqarish korxonalari (fermer xo’jliklari va tadbirkor qishloq xo’jaligi) xodimlari taklif etildilar. Eksperimental biologiya laboratoriyasida o’tkazilayotgan amaliy mashg’ulotlar davomida tadqiqotlarda foydalaniladigan zamonaviy uskunalar bilan ishlash tartibi bosqichma-bosqich tarzda namoyish qilindi. Bu tadqiqotchilar, magistrantlar uchun olib borayotgan tadqiqot rejalari bosqichlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Seminar-trening va amaliy mashg’ulotlar davomida o’simlik kasalliklarini molekulyar-genetik tahlil qilish va xaritalash bo’yicha rejalar tuzildi. Bu tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda qo’llash uchun strategik rejani shakllantirishda foydalanilishda imkon berishi qayd etildi.