Agrobiokimyo

Joriy yil 20 aprel kuni rejaga binoan soat 09-00 da universitetga Evropa Ittifoqining “O’zbekiston qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” Xalqaro ekspertlari: Iyuliana Grigoriy/Vito Marega va mintaqaviy ekspert (local expert) Umid Sayfuddinovlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Guliston davlat universiteti (koordinator prof. Kushiev X.X.) va Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Abdunabiev B.A. kutib oldi. 09-30 da universitet bosh binosining majlislar zalida «Xalqaro Standart va Sertifikatlarning meva yetishtirish va qayta ishlashdagi o’rni va ahamiyati» mavzusi bo’yicha taqdimot asosida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Biologiya kafedrasi professori. X.Kushiev, Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi B.Abdunabiev, universitetdan 9 nafar (professor-o’qituvchilar, doktorant-tadqiqotchilar, laboratoriya xodimlari va talabalar), viloyatning 16 nafar fermer xo’jaliklari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Iyuliana Grigoriu Oziq ovqat xavfsizligi tamoyillarini ho’l meva etishtirish jarayoniga tadbiq etish, to’g’risida taqdimot qilib berdi. Xususan, taqdimot davomida oltita asosiy sohalar: 1. Xalqaro standartlar-HACCP, GAP, Fair Trade, Natural/Wild. 2. Ho’l meva etishtirish jarayonida sifatni nazorat qilish va ta’minlash. 3. Oziq ovqat xavfsizligi tamoyillarini ho’l meva etishtirish jarayoniga tadbiq etish. 4. Bog’dorchilik yo’nalishida xalqaro standart va sertifikatlar o’rni va axamiyati. 5. HACCP, GAP, Fair Trade, Natural/Wild standartlarining akkreditatsiya jarayoni. 6. Meva etishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilarni xalqaro standartlar akkredittsiyasiga tayyorlash. Shuningdek, ikkinchi ma’ruzachi xalqaro ekspertlari Vito Marega tomonidan Sirdaryo Kimyo laboratoriyalarida olib borilgan tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berdi.