10-11 martda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida tashkil etilgan ko’rgazmada Eksperimental biologiya laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy loyihalar doirasida yaratilgan mahsulotlar namoyishi bo’lib o’tdi.
Ko’rgazmada turli xil tarkibli biosuspenziyalar, fungidsidlar va batatning turli navlaridan tayyorlangan chips mahsulotlari taqdim etildi. Etiborlisi shundaki mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan mahsulotlar barcha yig’ilganlarning diqqatini tortdi. Ayniqsa issiqxonalar va qishloq xojaligi ekinlari uchun yaratilgan biosuspenziyalar ahamiyati tadbir qatnashchilariga yoritib berildi. Biosuspenziyalarning tuproq tarkibiga moslashtirgan holda ishlab chiqarilishi, tuproq sho’rlashish darajasini oldini olish kabi amaliyotlarning kompleks bajarilishi yig’ilgan olimlarda yaxshi taasurot uyg’otdi.