5-iyun kuni Guliston davlat universiteti “Eksperimental biologiya” laboratoriyasi va Germaniya halqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorligida Harald Braungart (Harald Braungart) va Umid Sayfudinov ishtirokida seminar trening bo’lib o’tdi.
Harald Braungart ”Tuproq turlari, makro va mikroelementlar, tuproq tarkibi va tuproq tahlili natijalari” mavzusidagi tayyorlangan prezentatsiya va slaydlar asosidagi ma’ruzasi tinglandi. Olib kelgan Spektrofotometr, termostat, mufelniy pech,elaklar jamlanmasi, Ph metr,disstelyator va boshqa asbob uskunalarning barchasini ishlatib ko’rsatib berildi. Har bir fermer ho’jaligi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning o’z erining tuprog’ini olib kelib 18 xil tarkibini aniqlash imkoniyati borligi tushuntirildi.