Podurada qanotlar rivojlanmagan. Ular oyoqlari yordamida harakatlanadi, orqa oyoqlari yordamida sakrab xarakat qiladi. Poduralarning 1-3 yoshdagi lichinkalari o’rmalab harakatlanadi. Lichinkalarning 4-5 yoshdagi formalari orqa oyoqlari bilan ham harakatlanadi. Lichinkalarining terisida juda ko’p tuklar joylashgan. Uzoq vaqt nam bo’lgan sharoitda tarqalgan. Shuning uchun ularning lichinkalari namligi yuqori bo’lgan tuproqlarda faol bo’ladi. Lichinkalar tuproqning 5 sm dan 30 sm gacha bo’lgan chuqurlikdagi yumshoq qatlamlarida uchraydi. Tuxum qo’yish bilan ko’payadi. Tuxumini 3 sm chuqurlikka qo’yib, samkasi tuxumini yopib qo’yadi. Tuxumidan mayda lichinkalar chiqadi. Lichinkalar tuproqdagi lishaynik, bakteriyalar koloniyasi, o’simliklarning organik qoldiqlari va zamburug’ sporalari bilan oziqlanadi. Poduralar va ularning lichinkalari -5, -15 C0 xaroratda ham xarakatda bo’ladi. Sovuqqa chidamli. lichinkalari tuproqdagi bakteriya va zamburug’ koloniyalari bilan oziqlanishi bilan birga qishloq ho’jalik o’simliklari orasida zamburug’li va bakterial kasalliklarni tarqatadi. Natijada, o’simlik er ustki qismining zararlangan joyiga mikroorganizmlar sporasi yopishib, o’simlikni zararlaydi.