Guliston davlat universiteti bazasida faoliyat ko’rsatayotgan “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida “O’simliklar biotexnologiyasi”, “Sho’rga chidamli o’simliklar genbanki” asosida olib borilayotgan selektsiya va hujayra muhandisligi, tuproq va o’simlik mahsulotlarini spektral tahlili bo’yicha olib borilayotgan kompleks tadqiqotlar yana bir tashkil etilgan tadqiqot yo’nalishi bilan takomillshtirildi. Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyiha asosida xarid qilingan zamonaviy tadqiqot uskunalari (PTsR, Real taym, laminar boks, elektrofarez, suvni tozalash sistemasi va h.k.) asosida biologik ob’ektlarning genetik o’zgaruvchanliklarini aniqlash, o’simlik va kasalliklarni molekulyar genetik tahlil qilish tadqiqot yo’nalishi yo’lga qo’yildi. Ushbu xarid qilingan zamonaviy uskunalar bilan ishlash, tadqiqot yo’nalishi yuqori darajada yo’lga qo’yish bo’yicha taklif qilingan mutaxassislar tomonidan seminar-trening o’tkazilmoqda. Seminar-trening 2 iyundan boshlandi va 12 iyungacha davom etadi. Seminar trening davomida mutxassislar tomonidan o’tkazilayotgan amaliy mashg’ulot magistrantlar, doktorantlar va laboratoriya xodimlari tadqiqotlarida alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.