Jahon bankining “Akademik innovatsiyalar fondi” asosida “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” bo’yicha “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida Guliston davlat universitetida amalga oshirilayotgan loyiha rejasiga ko’ra germaniyaning Gyottingen universitetidan professor Rekel Djoxanes (Reckel Johannes) 2019 yilning 17-29 may kunlariga taklif etilgan. Ushbu muddat davomida professor Reckel Johannes tomonidan Germaniyaning markaziy kutubxona manbalridan on-line tizimda foydalanish bo’yicha taqdimotlar qilish bilan birga amaliy mashg’ulotlar o’tkazadi. Shuningdek, Guliston davlat universiteti bazasida Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kutubxonalaridan foydalanishning on-line markazini tashkil etish bo’yicha hamkorlikda loyiha taklifi tayyorlanadi. Tayyorlangan loyiha DGF fondiga taqdim etiladi.
Joriy yilning 21 may kuni universitet ma’ruza zalida shunday seminar-treninglarning dastlabkisi start oldi. Unda professor-o’qituvchilar va yosh izlanuvchilar ishtirok etishdi. Ushbu seminar-treninglar 29 maygacha davom etadi.