Tuproq-iqlim sharoitga hamda biotik va abiotik omillarga chidamli o’simliklarni tanlash va qishloq xo’jaligi o’simliklarining sharoitga mos navlarni yaratish, bio- va agrobioxilma-xillikni rivojlantirishda yaratiladigan genbank muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha bo’yicha tashkil etilgan “Sho’rga chmdamli o’simliklar genbanki”da o’simliklar germoplazmalari va biotexnologik tadqiqot natijalarining namunalari saqlanadi. Germoplazmalar qishloq xo’jaligi o’simliklarining sharoitga mos navlari, ekspeditsiyalar davomida tanlangan o’simliklar (noyob va yo’qolib borayotgan, dorivor, qishloq xo’jaligi o’simliklarining avlodlari, chetdan introduktsiya qilingan va maqsadli boshqa o’simliklar)dan yig’ilgan namunalardan iborat.
Genbankda mavjud materiallar tegishli muddatlarda yangilanib turiladi. Mavjud materiallardan qishloq xo’jaligi o’simliklarining navlarini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarda foydalaniladi.