Loyiha haqida qisqacha ma’lumot
Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonnung qishloq hududlarida barqaror rivojlanish” loyihasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sohalarida va qishloq hududlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha Fransiya agentligi (ADECIA) Italiyaning zotdor uy hayvonlari etishtiruvchilarining uyushmasi (AIA) va Bolgariya Tadbirkorlik va boshqaruvni rivojlantirish markazi (CEED) tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyiha kartoshka mahsuloti, bog’dorchilik va chorvachilikning qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Bundan tashqari, loyiha mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirishda mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning institutsional rivojlanishi va salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan.
Faoliyat haqida ma’lumot
26-aprel kuni Guliston davlat universitetida, Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida barqaror rivojlanish” loyihasi bo’yicha boshqaruv qo’mitasining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uchrashuvni qishloq xo’jaligi vazirining o’rinbosari Saidkomol Xo’jaev ochib berdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Evropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik bo’yicha jamiyati (GIZ), Fransiya taraqqiyot agentligi qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va qishloq rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlik (ADECIA), Italiya chorvadorlar assotsiatsiyasi (AIA) va Bolgariya Tadbirkorlik va taraqqiyot markazi (CEED) va loyihaning 6 ta viloyat hokimliklar vakillari ishtirok etdi. Yig’ilish jarayonida boshqaruv qo’mitasi a’zolariga loyihaning amalga oshirilish holati va loyiha doirasida tashkil etilgan Fermerlar kooperatsiyasini rivojlantirish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Bolgariya Tadbirkorlik va Ijtimoiy Rivojlanish Markazining (CEED) ko’magida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan Sirdaryo viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasining taqdimoti, uchrashuvning yana bir e’tiborga loyiq mavzularidan biri bo’ldi.
O’z nutqida, qishloq xo’jaligi vazirining muovini O’zbekistondagi qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e’tiborini qaratib, kelgusidagi asosiy rivojlanish yo’nalishlari haqida to’xtalib o’tdi. Shu bilan birga, janob Xo’jaev loyiha asoschilariga o’z minnatdorchiligini bildirib, loyihaning O’zbekiston Prezidentning 2019-yil 14-martdagi 42G’39-sonli qarorida ko’rsatilgan qishloq xo’jaligi kooperaciyalarini rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlash jarayonlariga qo’shayotgan hissasining ulkan ahamiyatga egaligini ta’kidladi.
Sessiyaning loyihaviy sinov hududlardan birida o’tkazilishi haqiqatan ham barcha ishtirokchilarga loyiha faoliyati bilan amaliy tanishish imkonini yaratdi. Xususan, yig’ilishdan so’ng guruh Guliston davlat universiteti negizida tashkil etilgan tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish laboratoriyasi va loyiha tashabbusi bilan tashkil etilgan “Dehqonobod asli anori” anor ishlab chiqaruvchilari kooperativida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Bog’da kooperativ a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ishtirok etgan Mirzoobod tumani hokimining o’rinbosari barcha ishtirokchilarni qutladi. Uchrashuv uyushma muammolarini hal etish va kelgusidagi istiqbollarni muhokama qilish uchun ochiq muloqot shaklida olib borildi.