2019 yilning 26 aprelida O’zbekiston qishloqlarini barqaror rivojlantirish loyihasi dasturi asosida GIZxalqaro tashkilotining qo’llab quvvatlashi hamda “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” loyihasi asosida Agrobiokimyo rejasi asosida seminar-trening o’tkazildi. Seminar-trening loyiha asosida tashkil etilgan innovatsion markazda boshlanib, “Asl anor” fermerlar korporatsiyasi dala maydonlarida davom etdi.
Seminar davomida universitetning “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida bajarilayotgan S-A-2018-004 raqamli “Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kollektsiyasini yaratish va patogensiz ko’chatlarini olish texnologiyasini yo’lga qo’yish” mavzusidagi amaliy loyiha natijalarining amaliy tadbig’i bilan bog’liq holda Mirzaobod tumanining “Asl anor” fermerlar korporatsiyasi ekin maydonlarida seminar-treningning amaliy ko’rgazmasi tashkil etildi. Unda laboratoriyada anorning biotexnologik ko’chat namunalarini sinovdan o’tkazish va uning amaliy ahamiyati namoyish etildi. Seminar-trening GIZ xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda olib borildi.