25 fevral kuni Guliston davlat universiteti bazasida “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida innovatsion “o’quv-ilmiy kosmpleks” tashkil etish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Iqtisoliyot va sanoat vaziri B.Xodjaev, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari K.Sobirov, universitet rektori M.Xodjiev, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, etakchi mutaxassislar, tadbirkorlar hamda tegishli vazirliklar vakillari ishtirok etishdi.
Seminar akademik innovatsiyalar fondi dasturi asosida Guliston davlat universitetida “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “o’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida amalga oshirilayotgan loyiha asosida tashkil etildi. seminarda sirdaryo viloyatining sho’rlanish tufayli foydalanilanishdan chiqib ketgan ekin maydonlarida “yashil texnologiya” innovatsion texnologiyasini amalga oshirish bo’yicha taqdimotlar qilindi. shuningdek, seminarda o’zaro korporativ hamkorliklarni yo’lga qo’yish bilan bog’liq masalalarga alohida urg’u berildi.