Laboratoriyada olib boriladigan biotexnologik tadqiqotlar asosida tuproq-iqlim sharoitga mos bo’lgan o’simliklar tanlanadi yoki mikroklonal usullar asosida ko’paytiriladi. In vitro sharoitda o’simliklarning o’sish va rivojlanishining biologik hamda fiziologik xususiyatlari tadqiq qilinadi.
Laboratoriya laminar boks o’rnatiladigan 3 ta, o’simliklar kallus to’qimalari va kulturalangan namunalar o’stiriladigan 4 ta in vitro xonasiga ega bo’lib 12000 lK to’lqin uzunlikdagi yorug’lik bilan ta’minlash yo’lga qo’yildi. Laboratoriyaning barcha xonalarida bakteriotsid lampalar o’rnatildi.