Ma’lumki, bugungi kunda, oziq-ovqat muammosi, aholini ko’payishi, ekiladigan er maydonlarini esa kamayishi hamda ekologiyani buzilishi yaratilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarning yangi navlariga bo’lgan talablarini kuchaytirmoqda.
Tashkil etilgan tadqiqot yo’nalishi bo’yicha asosiy vazifalar:
– g’o’za, donli va boshqa ekinlarning yangi yuqori mahsuldorli, qimmatli-xo’jalik belgilar majmuasiga ega bo’lgan navlarini yaratish, ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha olib boriladigan izlanishlarni kengaytirish va ularni chuqurlashtirish;
– birlamchi va nav urug’chiligini takomillashtirish, urug’ etishtiruvchi xo’jaliklarga ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, selektsiya va urug’chilik sohasida ilm-fan va ilg’or tajribalarni ommalashtirish;
– olimlar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, magistr va bakalavr talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun baza yaratish yo’li bilan fan va ta’lim integratsiyasini chuqurlashtirish;
– turli hil qishloq xo’jalik ekinlarni anomal rivojlanishining tsitogenetik sabablarini, qimmatli-xo’jalik ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan turli hil biokimyoviy parametrlarni, olinadigan mahsulot sifatini (tola, don va x.k.) aniqlashda amaliy yordam ko’rsatish;
Ushbu tadqiqot yo’nalishi bo’yicha 5 ta sektor faoliyat yuritadi:
1) Qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi, urug’chiligi va urug’shunosligi;
2) Qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy va molekulyar genetikasi;
3) Qishloq xo’jalik mahsulotlar sifatini aniqlash;
4) Fiziologiya va biokimyo;
5)O’simliklar biotexnologiyasi.
Quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan:
Biotik va abiotik omillarga chidamli, qimmatli-xo’jalik belgilar majmuasiga ega bo’lgan qishloq xo’jalik ekinlar yangi navlarini yaratish,
Qishloq xo’jalik ekinlar biologiyasini, ekinboplik va navdorlik xususiyatlarini o’rganish hamda ularni aniqlash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish,
Meva-sabzavot ekinlarining yangi navlarini va duragaylarini yaratish va ularning urug’chiligi,
Yangi navlarni yaratishda mavjud usullarini takomillashtirish va amaliy selektsiyada foydalanish uchun qishloq xo’jalik ekinlar genomikasini o’rganish,
Selektsiya jarayonida biotexnologik usullarini va markerlarga asoslangan selektsiyani o’rganish,
G’o’zaning duragay, nav va tizmalar tolasini texnologik ko’rsatkichlarini aniqlash,
Qishloq xo’jalik ekinlarining fiziologo-biokimyoviy ko’rsatkichlarni, moydorlikni va namlikni o’rganish,
Etishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlari sifatini yaxshilash maqsadida o’simliklar genetik resurslarini xilma-xilligini o’rganish,
Dunyo genofondidagi turlarning filogenetik munosabatlarini o’rganish,
O’simliklarning morfologik-markerli va strukturaviy belgilarining genetikasini o’rganish va ishlab chiqarish korxonalarning xodimlarini malaka oshirish kurslarini tashkillashtirishdan iborat.