Jahon banki akademik innovatsiyalar fondining “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi doirasida seminar trening o’tkazildi. 28 may kuni jahon bankining “akademik innovatsiyalar fondi” granti asosida Guliston davlat universitetida “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “o’quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida amalga oshirilayotgan loyiha rejasi asosida “mahsulotlarni sertifikatlashtirish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Ushbu seminar treningda O’zbekiston Respublikasi Standartlashtirish Agentligi mutaxassislari, sirdaryo viloyati sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori va xodimlari. Eksperimental biologiya laboratoriyasi tadqiqotchi va xodimlari, universitetda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis xodimlar ishtirok etdilar. Seminar-trening davomida eksperimental biologiya labaoratoryasining tuproq va o’simlik mahsulotlarini hamda genetik jihatdafn modifikatsiyalangan mahsulotlarni (gmo) tahlil qilish natijalarini sertifikatsiyalashtirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Bunda mahsulotlarni tahlil qilishda foydalaniladigan uskunalarni hamda laboratoriyani attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazishga tayyorlash hujjatlarni tayyorlash tshlari amalga oshirildi. Yaqin vaqt oralig’ida eksperimental biologiya laboratoriyasining tegishli yo’nalishlari (tuproq va o’simlik mahsulotlari tahlili, gmo) bo’yicha shartnomaviy tahlillar amalga oshiriladi. Laboratoriyada xalqaro standarlarga mos holda “global gap” standarti asosida tahlillarning olib borilishi yo’lga qo’yilganligi seminar ishtirokchilari tmonidan yuqori baholandi. Seminar davomida “global gap” standarti bo’yicha amalga oshiriladigan tahlillar va ularning natijalari alohida ko’rgazmali tarzda taqdimot qilindi.