Tugunak bakteriyalardan ajratib olingan fitogarmonlarga boy biopreparat.
“Eksperimental biologiya” laboratoriyasi ekologik sof mahsulotlar (organik) etishtirish bilan bog’liq holda Qishloq xo’jaligi barcha ekinlari uchun foydalanish mumkin mikrobiopreparat taklif etadi. Biopreparat tuproq unumdorligini oshirish va o’simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun sug’orish bilan birga qo’llaniladi.
Biopreparat qishloq xo’jaligida foydali o’simliklarni patogenlariga chidamli qilib, immunitetitini oshiradi.
Mikrobiopreparatdan foydalanish asosida iqtisodiy samaradorlik va sifatli mahsulotlar etishtirish imkoniyatiga erishiladi.
Biopreparat yordamida o’simlik urug’ining unuvchanligi bir necha barobar oshadi. Biopreparat qishloq xo’jaligida foydali o’simliklarni patogen kasalliklarga chidamli qilib, immunitetitini oshiradi. Biopreparat o’simliklarnii hosildorligi va hosil sifatini oshiradi.
Ekishdan oldin bir tonna suvga 1 litr biopreparat aralashtiriladi. 1 litr aralashma bilan 30 kg chigitga ishlov beriladi, 2 soat davomida ishlov berilgan urug’lar saqlanadi. Tomchilatib sug’orishda 2 litr biopreparat 1 tonna suvga aralashtiriladi va tomchilatib sug’oriladi. Bargiga purkash uchun 1 gektar maydonga 4 litr biopreparat sarflanadi.