Tuproqning elementar tarkibini tahlil qilish asosida meliorativ holatiga aniq baho beriladi. Tuproq tarkibiga mos holda o’simlik tur va navlarini ekish hamda o’simlik va tuproqning elementar tarkibi ko’rsatkichlari asosida sharoitga mos aqlli o’g’itlash tizimi ishlab chiqiladi. Klasterli yondashuv asosida o’g’itlash tarkibi, me’yori, muddatini tavsiya etish asosida iqtisodiy tejamkorlik va mahsulotning sifat ko’rsatkichlariga erishiladi.