O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 29–31 oktyabr kunlari “UzEkspoMarkaz” milliy ko’rgazmalar kompleksida chet el va mahalliy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion jamg’armalar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes inkubatorlarni bir davrada jamlaydigan “INNOWEEK” innovatsion g’oyalar haftaligini o’tkazadi. Ushbu haftalikda Eksperimental biologiya laboratoriyasi 4ta innovatsion ishlanmalar bilan qatnashadi.