Laboratoriyaning genetik tahlil yo’nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida bug’doyda uchraydigan Fuzarium zamburug’ining Fusariumsporotrichoides, Fusarium tricinctum, Fusarium langsethiae, Fusarium culmorum, Fusarium avenaceum, Fusarium cerealis, Fusarium poae, shtamplarini aniqlash tizimi yo’lga qo’yildi. Fuzarium zamburug’ini aniqlash imkoniyati yo’lga qo’yildi. Shuningdek, bug’doy nihollari va doni tarkibida aflotoksin (Aflatoxin), oxratoksin (Ochratoxin) mavjudligini anilash asosida zamburug’li kasalliklarga qarshi yoki bug’doyning chidamlilini oshiruvchi induktorlar anilandi. Laboratoriyada tabiiy birikmalar asosida bug’doyni fuzarium zamburug’iga chidamliligini oshirish xususiyatiga ega bo’lgan induktorlar sintez qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida pereparatlarning o’simliklar o’sishi va kasalliklarga javob reaktsiyalarida ishtirok etuvchi genlar ekspressiyasiga ta’sir etishi aniqlandi. Shuningdek, aniqlangan noyob genlar ustida chuqurroq tadqiqotlar olib borish yo’lga qo’yildi.