15-16 mart kunlari GIZ xalqaro tashkilotining qo’llab quvvatlashi hamda “Agrobiokimyo” bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish korxonalarining oliy ta’lim bilan hamkorlik mexanizmini tadbiq etish bo’yicha seminar rening o’tkazildi. Ushbu seminar treningda ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy rivojlanishida oliy ta’limning roli ko’rsatib berildi.
Seminar trening davomida “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida amalga oshirilayotgan amaliy tadqiqotlar ishlab chiqarish korxonalari muammolari bilan bog’liq holda olib borilayotganligi namoyish qilindi. Seminar-trening davomida ishlab chiqaruvchilarning muammolari echimi bo’yicha oliy ta’limga murojati mexanizmini tadbiqi bo’yicha amaliy trening o’tkazildi. Seminra-trening davomida xalqaro tajribalar namoyish qilindi. Seminar treningda GIZ xalqaro tashkiloti xodimlari ishtirok etishdi va ma’ruzalar qilishdi