Seminarni prof.H.Qo’shiev kirish so’zi bilan ochib Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Eksperimental biologiya” laboratoriyasi va Germaniya halqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlida amalga oshiriladigan bugungi seminar trening maqsadi,fermer xo’jaliklari o’zlarining shaxsiy bizneslarini yuritishi uchun juda katta bir ilmiy-amaliy ko’nikma olishlarini aytib o’tdi va ularga kerakli tavsiyalarni berib o’tdi.

Wouter Petersman “Meva-sabzovat va agrobiznesning iqtisodiy o’sishi” mavzusidagi tayyorlangan prezintatsiya va slaydlar asosidagi ma’ruzasi tinglandi. Shu bilan bir qatorda seminar trening ishtirokchilarida tug’ilgan savollariga to’liq javoblar berib misollar asosida tushuntirib o’tdi. Har bir fermer ho’jaligi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning o’z biznes rejasini tuzib shu asosida amaliy ishlar olib borilsa maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tdi.

Shundan so’ng yakka tartibdagi tadbirkor Suyarov Abdulaziz so’zga chiqib,tadbirkorlar o’zi etishrigan mahsulotini tan narxini belgilab jahon boziriga olib chiqsa iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo’lishini ta’kidlab o’tdi o’z so’zida.

By admin