Batat (shirin kartoshka) Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti uchun tavsiya etilayotgan yangi noan’anaviy qishloq xo’jaligi o’simligi


Batat (Ipomoea batatas)ning vatani Janubiy Amerika bo’lib, asosan, tropik mamlakatlarda, dunyoning 100 dan ortiq davlatlarda ekiladi. Gektaridan 800-1200 tsentner xosil olinadi. Batat kartoshkasi qalamchalaridan ko’paytiriladi. Eksperimental biologiya laboratoriyasida bir necha yillardan buyon olib borilgan biotexnologik, fiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar asosida batatning mahalliy sharoitda o’sish-rivojlanish xususiyatlari tadqiq qilindi. Olib borilgan biotexnologik tadqiqotlar asosida batatning Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo’lgan liniyalari yaratildi va Xazina-2, Xazina-3. Xazina-4, GulDU-1 va GulDU-2 nomi bilan nav sifatida davlat nav sinash komissiyasiga taqdim etildi. Batat laboratooriyada yaratilgan “Yashil texnologiya” innovatsion ishlanmasining bitta klasterli yo’nalishi sifatida ishlab chiqarishda o’z o’rnini topishi bo’yicha tegishli ilmiy xulosalar qilindi.

By admin