S-A-2018-004 “Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kollektsiyasini yaratish va patogensiz ko’chatlarini olish texnologiyasini yo’lga qo’yish” mavzusida olib borilayotgan amaliy tadqiqotlar asosida anorning anorning respublika sharoitida etishtirilayotgan 24 ta navi hamda Mirzacho’l sharoitiga mos bo’lgan 1 ta AQSh (Vondeful) va 1 ta Afg’oniston (Toshqurg’on anori) davlatidan olib kelingan navlarining biotexnologik kollektsiyasi yaratildi. Shuningdek, biotexnologik usullar asosida yaratilgan patogensiz ko’chatlari guliston davlat universiteti tajriba maydonlari hamda Mirzaobod tumanining “Asl anor” fermerlar koperatsiyasi anorzorlarida o’stirilmoqda. Etishtirilgan anor mevalarining tarkibi “Eksperimental biologiya” laboratoriyasida tahlil qilinib, sifat ko’rsatkichlri hamda farmokologik xususiyatlari aniqlanilmoqda.

By admin