Germaniya xalqoro xamkorlik jamiyati (GIZ) ning O’zbekistondagi vakili Umid Sayfiddinov Intensiv bog’larda pakana va yarim pakana daraxtlar o’stirish, payvantaglar, qadalgan nihollarning ikkinchi yildan meva tugishi, kam suv tarab ko’p xosil olish texnologiyasi, bog’ ustlarini to’r bilan yopishning afzalliklari kabi turli xil zamonaviy usullardan qo’llagan xolda bog’dorchilik soxasida kam mexnat va kam xarajat orqali ko’proq daromad olish uchun intensiv bog’larni inovatsion boshqarish usullaridan foydalanish yuqori samara berishligi tushuntirib o’tdi. Semenar davomida dunyo tajribalari ham ko’rib chiqilib xozirda qator rivoljlangan bog’larning video ko’rgazmali roliklari ham taqdim etildi. Tijorat bog’larini tashkil etish ularda qanday shart sharoitlar zarur bo’lishi, bog’larda uzluksiz boshqaruv tizimi, har hil sharoitlarda olib boriladigan chora tadbirlar to’g’risida ma’lumotnomalar, tarqatma materiallar va amaliy ko’nikmalar berib o’tildi

Umid Sayfudinov seminar davomida tijorat bog’larini tashkil etish hoxishi tug’ilgan har qaysi fermer xo’jaligiga dunyo talablariga javob beradigan intensiv tijorat bog’larini yaratishda tashkilot tomonidan qanaqa amaliy yordamlar kerak bo’lsa yordam berishligi ta’kidlab o’tildi.

By admin