Intellektual mulk agentligi

Ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan bog’liq holda quyidagilar amalga oshiriladi

Markaz nomidan intellektual mulk agentligiga ixtirolar, foydali modellar, dasturlarga patentlar olish uchun qisqa muddatlarda talabnomalar topshiriladi (Bu ilmiy-amaliy faoliyat bilan yuqori ahamiyatga ega. Markazning ilmiy faoliyatini yuqoriga ko’taradi).

Markaz nomidan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarga ilmiy maqolalar topshiriladi (Markazda olib boriladigan va olib borilayotgan yo’nalishlar strategiyasini belgilashda muhim)

Markaz nomidan ilmiy tadqiqot ishlarini ixtisoslashgan ilmiy kengashlarda hiimoya qilish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoyaga taqdim etish (Markazda olib borilayotgan va olib boriladigan faoliyat natijalari sifatida ahamiyatga ega)

Markaz nomidan innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy loyihalar (amaliy, innovatsion va b.) tposhiriladi. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun innovatsion rivojlanish vazirligida mablag’ olish imkoniyati (loyiha uchun grant mablag’lari) yuzaga keladi (Qo’shimcha ish joylarini tashkil etishda, ilmiy xodim, tadqiqotchi va doktorantlarni jalb qilishda ahamiyatga ega)

O’zbekistonda qishloq xo’jaligi yo’nalishlari bo’yicha 6 ta xalqaro tashkilot va institutlar faoliyat ko’rsatadi (IKARDA, IVMI, IKBA, BIOXILMA-XILLIK, KAKAARI, FAO, JIRKAS). Ushbu xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’yish maqsadida, ularni taklif etib, davra suhbati yoki forum o’tkaziladi. Davra suhbati yoki forumga O’zbeistonda qishloq xo’jaligi yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan institutlar ilmiy markaz va laboratoriyalar, vazirliklar taklif etiladi. (Bu markazni ochilganligi va uning faoliyati bilan respublika va xalqaro miqyosda tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bu xalqaro hamkorliklarni yo’lga qo’yishda muhim)

Markazni faoliyatini stimulyatorlar, fungitsidlarni laboratoriya sharoitida ishlab chiqarish bilan boshlash maqsadga muvofiq bo’loadi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan o’g’it ham markazning innovatsion faoliyatiga asos bo’ladi (Bu ko’rsatkichlarni yo’lga qo’yib va bor yo’nalishlarni reklama qilish bilan tez tanitish va mablag’larni jalb qilish mimkin)

Innovatsion rivojlantirish vazirligidan mavjud imkoniyat va laboratoriyalar faoliyatini asoslagan holda tanch doktoranturaga 2020 yilga o’rin olish mumkin. Doktorant larni markazda faoliyat ko’rsatishi ilmiy faoliyatni yuqori darajada rivojlantirish imkonini beradi (Kelgusida markazni institut darajasiga olib chiqishda muhim)

Markazda ilmiy anjuman (respublika yoki xalqaro miqyosda) o’tkazish uchun talabnoma tlpshirishimiz kerak (Bu markazni respublika va xalqaro miqyosda tanitishga bir asos bo’lib xizmat qiladi)

Tajriba maydonlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq (Bu ilmiy tadqiqotchilarni, ilmiy tadqiqot institutlarini jalb qilish imkonini beradi)

Ilmiy laboratoriyalarni tashkil etilishi va tegishli priborlar bilan ta’minlanishi respublika (Innovatsion rivojlantirish vazirligi), Xalqaro (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom itaraqqiyot banki va boshqa fondlar) mablag’ini jalb qilish imkoniyatini beradi.